top of page

Ommaviy Oferta
ZoodPay umumiy shartlari va qoidalari

Mijoz (bundan buyon matnda "Siz", "Sizning") ZoodPay (bundan buyon matnda - "ZoodPay", "Biz", "Bizning") xizmatidan foydalangan yoki kelgusida foydalanidigan shaxs ekanligi hamda ushbu xizmatni olish uchun ZoodPay akkauntida ro’yxatdan o’tganligini yoki operasion tizimda tegishli ariza asosida Mijozning hisob yozuvi yaratilishini e’tiborga olib, tomonlar ushbu shartlarga rozilik bildirish orqali hamkorlikning shartlari va qoidalari to’g’risida kelishadilar. Hamkorlik ZoodPay "ZoodPay mijozlari uchun Shartlar va qoidalar" Shartnomasida (bundan keyin matnda "Shartnoma" deb ataladi) belgilangan qoidalarga muvofiq xizmatni taqdim etishni to'xtatmaguncha taqdim etilgan shartlar bilan tartibga solinadi.

 

Xizmatning mazmuni:

  • ZoodPay do'konda xaridlar uchun to’lovlarni a) Shartnoma bilan belgilangan muddat ichida bo’lib to’lash; b) yetkazib berilganlan keyin 14 kun ichida to’lash imkonini beradi

  • ZoodPay xizmatini olish huquqiga ega bo'lish uchun siz 18 yildan kattaroq bo'lishingiz va tegishli debet/kredit kartasining vakolatli egasi bo'lishingiz kerak;

  • Sizga limit beriladi, uning doirasida ZoodPay xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo'lasiz. Siz limitni kredit layoqatingizni tekshirish asosida 1 oy muddatga berilishi kerakligini tasdiqlaysiz va Siz yuqorida ko'rsatilgan muddat ichida ZoodPay xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo'lasiz. ZoodPay xizmatlaridan foydalanish muddati tugagandan so'ng sizga ballar hisoblash va anderrayting uchun yangilangan tartib-qoidalar qo'llaniladi.

  • ZoodPay xizmatidan foydalanish ZoodPay tomonidan ma’qullashni talab qiladi. Ma’qullash faqat Zoodpayning ixtiyoriga ko'ra amalga oshiriladi;

  • To'lov sanasi har bir xarid qilingan buyurtma uchun to'lov jadvaliga muvofiq belgilanadi va mijozning profilida taqdim etiladi;

  • Agar Bizga o'z vaqtida to'lay olmasangiz, iltimos, biz bilan iloji boricha tezroq bog'laning. Qo'ng'iroq Mijozning majburiyat summasini to'lashga to'sqinlik qilmaydi;

  • Sotib olingan tovarlar va mobil qurilmaning yetkazib berilishi/sifati, shuningdek, barcha mablag'larni qaytarish uchun javobgarlik sizga sotgan Sotuvchi zimmasida bo’ladi;

  • Sotib olingan tovarlar va Mobil qurilmalarning yetkazib berilishi/sifati, shuningdek, barcha mablag'larni qaytarish To'lov jadvaliga yoki Jarimalarni hisoblash qoidalariga ta'sir qilmaydi.

 

Kartani oldindan avtorizatsiya qilish haqida muhim ma'lumotlar:

Sizning kartangizni oldindan avtorizatsiya qilish bizning ma’qullash jarayonimizning, shuningdek, Zoodpayda sotib olingan har bir buyurtma bo'yicha To'lov jadvaliga muvofiq kelgusi to'lovlarni amalga oshirish bo'yicha majburiyatlarni bajarish imkoniga ega ekanligingizni baholashimizning bir qismidir. Shunga ko'ra, To'lov tashkiloti orqali Siz ko'rsatgan to'lov manbasini oldindan avtorizatsiya qilish huquqini o’zimizda saqlab qolamiz. Bu Sizning har safar ZoodPay xizmati yordamida onlayn xaridni amalga oshirganingizda yoki ZoodPay ixtiyorida bo'lgan hisobingizga yangi karta qo'shganingizda, Siz ko'rsatgan to'lov manbasiga bog'langan Hisob qaydnomangizga pul joylashtirish majburiyatingizga olib kelishi mumkin. Onlayn xaridlar uchun Bizning To'lov tashkilotimiz Sizning bankingizga ushbu oldindan avtorizatsiya operatsiyasini bekor qilish to'g'risida darhol ko'rsatma beradi. Ushbu jarayon

davomida ZoodPay hech qanday pul olmaydi. Sizning bankingiz tomonidan ushbu ko'rsatmani qayta ishlash vaqtini va mablag'laringiz mavjudligi ta'minlanishini kafolatlay olmaymiz.

Quyida ZoodPay Xizmatidan foydalanish va unga kirish shartlari va qoidalarini bayon qilamiz. Iltimos, ushbu shartlarni va qoidalarni diqqat bilan o'qib chiqing va saqlab qo’ying, chunki ular ZoodPay xizmatidan foydalanish uchun sizga qoidalar, majburiyatlar va boshqa mas'uliyatni yuklaydi.

 

1. Ushbu Shartnoma taraflari

1.1. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro'yxatga olingan va o'z faoliyatini amalga oshirayotgan "OrientSwiss Tashkent" MCHJ nomidan Ustav asosida faoliyat yurituvchi Direktori Asqarbek ALSHANBAYEV. ("ZoodPay", "Kompaniya", "biz", "bizni", "bizning") Ushbu hujjatda Sizning ZoodPay xizmatidan foydalanishingizga nisbatan qo'llaniladigan qoidalar va shartlar bayon etilgan.

1.2. Mijoz (Siz, Sizning, Mijoz)

1.3. Siz ushbu Shartnomani qabul qilishingiz va ZoodPay xizmatidan foydalanishni davom ettirishingiz ushbu Shartnomani qabul qilishingizni anglatishiga rozilik bildirasiz.

1.4. Agar siz ushbu Shartnomaga rioya qilish majburiyatini olishni xohlamasangiz, ZoodPay xizmatidan foydalanib xarid qimasligingiz kerak.

2. Ushbu Shartnomaga kiritilgan siyosatlar

2.1. ZoodPay xizmatidan foydalanishdan oldin Siz ushbu Shartnomani, shuningdek, ZoodPay-ning maxfiylik siyosatini o'qib, qabul qilishingiz kerak, u bilan Veb-saytda/Mobil ilovada tanishib chiqishingiz mumkin.

2.2. O’z ehtiyojlaringiz uchun ushbu Shartnomaning nusxasini (barcha siyosatlarni o'z ichiga olgan holda) saqlab yoki chop etib qo’yishingizni tavsiya etamiz. Ushbu Shartnoma va unga kiritilgan har qanday siyosat o'rtasidagi har qanday nomuvofiqlik yuz berganda, Shartnoma ustunlik kuchga ega bo'ladi.

3. Tushunchalar ta'rifi

Mijoz (Siz, Sizning)

ZoodPay Xizmatidan foydalanib, Sotuvchining do'konida biror bir Mahsulot yoki Mobil qurilmani sotib olishni rejalashtirgan va/yoki sotib olayotgan shaxs.

Shartnoma

Ushbu shartlar va qoidalar, Shartnomaning Alohida shartlari va ushbu Shartnomaga vaqti- vaqti bilan kiritilgan har qanday tuzatishlar.

ZoodPay Akkaunti

Mijozning har qanday ma'lumoti/tranzaksiyasi/amalga oshirgan buyurtmasi qayd etilgan ZoodPay operatsion tizimida ro'yxatdan o'tgan Mijozning virtual hisobi.

ZoodPay-ning bo’lib to’lash to’lovi

ZoodPayning Mijozga taklif etilgan "Hozir sotib oling-keyinroq to'lang" muqobil moliyaviy yechimi, u Mijozga Do'konga joylashtirilgan Tovarlar va/yoki Mobil qurilma uchun sotish narxini To'lov jadvaliga muvofiq 4 (to’rt) yoki 6 (olti) qisman to'lovlarga bo’lib to'lash imkoniyatini taqdim etishi kerak.

ZoodPay PAD

ZoodPay-ning Tovarlar yetkazib berilganidan keyin to’lash imkonini beruvchi to’lov usuli

 

Tovarlar

Do'konda Sotuvchilar tomonidan joylashtirilgan tovarlar, Zoodpay Bo’lib to’lash to'lovi orqali Mijoz tomonidan sotib olinishi mumkin.

ZoodPay Xizmati

ZoodPay va ZoodPay PAD qismlarga bo’lib To'lovi.

Transport xarajatlari

ZoodPay Sotib olish tizimi orqali sotib olingan Tovarlar va/yoki Mobil qurilmalarni yetkazib berish uchun Sotuvchi tomonidan olinadigan, Mijoz tomonidan to'lanishi lozim bo’lgan har qanday yig’imlar, xarajatlar yoki chiqimlar.

Sotish narxi

Tovarlar va/yoki Mobil qurilmalarning narxi (barcha amaldagi soliqlar va transport xarajatlarini o'z ichiga olgan holda).

Do'kon

Tovarlar va Mobil qurilmalar yetkazib beriladigan va/yoki Sotuvchi tomonidan boshqariladigan har qanday jismoniy yoki elektron joy, jumladan, har qanday veb-sayt va mobil yoki planshet veb-saytlari yoki ilovalar.

Sotuvchi

ZoodPay ruxsati bilan Do'kondan yoki chet el yurisdiktsiyasidan Tovarlar va Mobil qurilmalarni sotadigan vakolatli Sotuvchi.

Mablag'larni qaytarish

Sotuvchi tomonidan Tovar va/yoki Mobil qurilma va/yoki tegishli transport xarajatlari qaytarilganda, har qanday mahsulot va/yoki mobil qurilma uchun Sotish narxining qisman yoki to'liq qaytarilishi.

Mablag'larni qaytarish summasi

Sotuvchi Mijozga Tovar va/yoki Mobil qurilmalar uchun qaytarib berishga rozi bo'lgan, Sotuvchi siyosati va bizning siyosatimiz bo'yicha qaytarib berilishi kerak bo'lgan summa yoki Sotuvchining Mijozga qaytarishga rozi bo'lgan boshqa summa.

Qaytarish

Mijoz yoki Sotuvchi tomonidan boshlangan ZoodPay Sotib olish yo'li bilan sotib olingan har qanday Tovarni va/yoki Mobil qurilmani Mijozga qaytarish.

Kun

Kalendar kuni.

Ish kuni

Shanba va yakshanba kunlaridan hamda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan davlat bayramlaridan tashqari bo’lgan kun.

Amaldagi qonunchilik

O'zbekiston qonunchiligi

Belgilangan to'lov manbai

To'lov manbai:

  • Naqd pul

  • Kredit/debyet karta

Mijoz tomonidan taqdim etilgan

Buyurtma

Xaridor tomonidan Tovarlar va/yoki Mobil qurilmalarni sotib olish uchun Sotuvchiga qilingan buyurtma

Muddati o'tgan summa

Shartnomaga yoki To'lov jadvaliga muvofiq to'lanmagan miqdor.

Birinchi to'lov

Belgilangan to‘lov manbai orqali ZoodPay bo‘lib- bo‘lib to‘lash rejasi tasdiqlanganidan keyin Mijoz tomonidan to‘lanadigan va ZoodPay Xizmatidan foydalanishning zaruriy sharti bo‘lgan Sotish narxining to’rtdan bir qismi (4 oyga bo’lib to’langanda) Oltidan bir qismi (6 oyga bo’lib to’langanda).

To'lov jadvali

ZoodPay Xaridiga ilova qilinadigan, Mijozning profilida ko’rinadigan va Sotish narxi, summasi va muddati kabi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan To'lov rejasi.

Rozilik

Mijozning ZoodPay Xizmati shartlari va Shartnomani Do'konda yoki Kompaniyaning elektron kanallari orqali olishga elektron shaklda yoki qog’ozda berilgan roziligi, bunday rozilik Shartnoma shartlari bilan tanishganlikni va ZoodPay xizmatidan foydalanish faktini tasdiqlaydi.

Joriy majburiyat

Mijozning ZoodPay oldidagi joriy paytdagi pul majburiyati, u to’lanishi lozim bo’lgan Sotish narxini va jarimani (agar mavjud bo'lsa), shuningdek, ZoodPay tomonidan Mijozdan Sotish narxini undirish va/yoki majburiy undirish (agar mavjud bo'lsa) uchun sarflangan xarajatlarni o'z ichiga oladi.

Jarima

Mijozning majburiyatlarini to'g'ri bajarilishini ta'minlash uchun foydalaniladigan va Sotish narxini to'lash kechiktirilgan va To'lov rejasi buzilgan taqdirda Mijoz tomonidan to'lanadigan qo'shimcha ta'minot vositalari; Jarima miqdori maxsus shartlar va qoidalarda ko'rsatilishi kerak.

Avtomatik to'lov

Mijoz tomonidan tanlangan To'lov tashkiloti yoki Agenti orqali to'lov To'lov jadvaliga muvofiq to'g'ridan-to'g'ri Belgilangan to'lov manbasidan avtomatik ravishda olinadi.

To'lov tashkiloti

to'lov xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq faoliyatni amalga oshirish vakolatiga ega bo'lgan yuridik shaxs (bank emas).

Maxsus shartlar va qoidalar

Shartnomaning har bir alohida Mijozga taalluqli maxsus shartlar belgilangan ajralmas qismi.

Umumiy shartlar va qoidalar

Shartnomaning Umumiy shartlar belgilangan ajralmas qismi.

Shartnoma

ZoodPay va Mijoz o'rtasidagi Shartnoma.

Mobil qurilma

Samsung LLC kompanisi tomonidan ishlab chiqarilgan va vakolatli dilerlar tomonidan taqdim etilgan, Siz sotib olgan va Samsung Knox Guard ilovasi bilan integratsiya qilingan Samsung mobil qurilmasi Mijozning Zoodpayga bo'lgan to'lov majburiyatlarini bajarish uchun ishlatiladigan xavfsizlik vositasi sifatida ishlatiladi.

 

Samsung Knox Guard Ilovasi

Samsung LLC tomonidan ishlab chiqilgan, Siz tomoningizdan to'lov majburiyatlarini bajarmagan taqdirda mobil qurilmani masofadan nazorat qilish va blokirovka qilish imkonini beruvchi mobil ilova/Ilova.

Faollashtirish

sotib olingan Mobil qurilmani yoqing va uni kamida 5 daqiqa davomida Internetga ulang

 

4. ZoodPay Xizmati

4.1. ZoodPay Xizmatidan foydalanib, Siz (i) Sotuvchilardan Mobil qurilma va/yoki Tovarlarni sotib olish huquqiga ega bo'lasiz.

4.2. Sotuvchida buyurtma joylashtirish va ZoodPay Xizmatidan foydalanish orqali Sizning roziligingiz va ushbu Shartnomaga muvofiq, To'lov rejangiz yoki Shartnomangizda ko'rsatilgan sanalarda Sotish narxini, shuningdek, agar Siz o’z vaqtida Shartnomada belgilangan muddatlarda to’lamagan bo’lsangiz, ehtimolli jarimalarni Bizga to'lab berishingiz yoki so’ndirishingiz majburiyati evaziga Bizga so'zsiz va qaytarib bo’lmas rozilikni hamda va to’lash (yoki ZoodPay Hamkoriga to'lashni buyurish) topshirig’ini berasiz.

4.3. Siz Bizni ZoodPay xizmati orqali Sotuvchilardan sotib olingan Mobil qurilma va/yoki Tovarlar va Xizmatlarni nazorat qilmasligimizni, ular uchun mas’uliyat yoki majburiyatlarni zimmamizga olmasligimizni tan olasiz. Siz bilan muomala qilayotgan Sotuvchi bitimni amalga oshirishga kafolat bera olmaymiz.

5. Kafolatni yo'qligi

5.1. Biz ZoodPay xizmatlarining yaroqliligi, ishonchliligi yoki mavjudligi haqida hyech qanday to'g'ridan-to'g'ri kafolat yoki ishontirishlar bermaymiz.

 

5.2. Biz ZoodPay xizmatlariga kirishning uzluksiz, doimiy imkonini kafolatlamaymiz va buyurtmalarni qayta ishlash yoki to'lov operatsiyalarini bajarish uchun zarur bo'lgan vaqt davomiyligi haqida hech qanday kafolat yoki bayonotlar bermaymiz, amaldagi qonunchilikda ko'zda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

5.3. ZoodPay:

(i) Siz bilan hamkorlik, qo'shma korxona, agentlik yoki mehnat munosabatlarini o’rnatmaydi;

(ii) Hyech bir Sotuvchining shaxsiyatining kafili emas;

(iii) Sizni biror bir soliqlar uchun javobgarligingizni aniqlamaydi; yoki

(iv) ZoodPay xizmatidan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan biror bir soliqlarni yig'maydi yoki Sizning nomingizdan to'lamaydi.

6. Mijozning ishontirishlari va kafolatlari

6.1 Siz quyidagilarni tasdiqlaysiz:

a. Siz kamida 18 yoshda kirgan shaxssiz;

b. Siz qonuniy majburiyatlarni keltirib chiqaradigan shartnomani tuzishga qodirsiz;

c. Sizda haqiqiy va tasdiqlangan elektron pochta manzili va mobil telefon raqamingiz bor;

d. Siz ZoodPay-ga haqiqiy yetkazib berish manzilini taqdim qildingiz;

e. Belgilangan to'lov usulidan to'liq va cheksiz foydalanishingiz mumkin

f. ZoodPay xizmatidan foydalanish bilan bog'liq holda Siz Bizga haqiqiy ismingizni va haqiqiy va to'g'ri shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etasiz va taxallusni yoki boshqa birovning shaxsini (hatto siz uning nomidan foydalangan shaxsning roziligi bilan) foydalanmaysiz yoki noto'g'ri, noaniq yoki chalg’ituvchi shaxsiy ma'lumotlarni taqdim qilmaysiz. Siz soxta shaxsiy ma'lumotlarni yoki identifikatsiya vositalarini taqdim etish jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkinligini tan olasiz.

g. Ushbu Shartnomani imzolash orqali siz ZoodPay xizmatidan foydalanish huquqiga ega ekanligingizni bildirasiz va kafolatlaysiz.

h. Siz o’z irodangizni ifodalashning mazmuni va keyingi huquqiy oqibatlaridan to'liq xabardorsiz.

i. Siz ushbu Shartnoma bilan tanishdingiz va ushbu shartlar sizga ma’qul keldi;

j. Siz Shartnoma bilan yuklatiladigan majburiyatlarni vijdonan va lozim tarzda bajarasiz.

 

6.2. Siz o’zingizning bayonotlaringizga zid kelishi mumkin bo'lgan va/yoki yuqorida ko'rsatilgan kafolatlarning buzilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan barcha holatlar haqida Zoodpay-ni yozma ravishda xabardor qilishingiz shart. Bundan tashqari, ushbu Shartnoma bilan yuklatiladigan majburiyatlarni lozim tarzda bajarishingizga tahdid solishi mumkin bo’lgan holatlar to’g’risida Zoodpay-ni xabardor qilishingiz kerak.

 

6.3. Siz ZoodPay ushbu Shartnomada nazarda tutilgan ishontirishlar, kafolatlar va majburiyatlar asosida Shartnoma tuzishini tan olasiz va rozilik bildirasiz. Shunday qilib, ushbu bandda nazarda tutilgan ishontirishlar, kafolatlar va majburiyatlarning buzilishi ZoodPay uchun kelajakda biron-bir xizmatni taqdim etishni rad etish va/yoki Xizmat ko'rsatishni to'xtatish uchun yetarli asos bo'lib xizmat qiladi. Bunday hollarda Siz ZoodPay oldidagi joriy majburiyatni to'lashingiz kerak bo'ladi.

 

6.4. Ushbu Shartlar va Qoidalarga rozilik berib, fotosuratingizni yuborib, Siz Bizga o’z shaxsiy biometrik ma'lumotlaringizni to'plash, qayta ishlash va saqlashga rozilik bildirasiz

 

6.5. Siz ZoodPay xizmatidan foydalanish uchun ariza berganingizdan so'ng, Siz haqingizda har qanday ma'lumotni, shu jumladan, ZoodPay hamkorlaridan va affillangan shaxslardan arizangizni qayta ishlash jarayonida, shu jumladan Shartnomada ko'zda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan hollarda va Zoodpayning o'z huquqlarini himoya qilish va to'lov qobiliyatingizni va kredit tarixingizni uchinchi shaxslardan Kompaniyaning tijorat manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo'lgan miqdorda va chegaralar doirasida qidirish/tekshirish huquqiga ega ekanligimizdan xabardorsiz. Bundan tashqari, Biz arizani to'ldirganingizdan so'ng ZoodPaydan foydalanishni tasdiqlash uchun Siz haqingizda, jumladan, har qanday ro'yxatdan o'tgan Agentlikda yoki har qanday shaxsda shaxsiy ma'lumotlaringizni tekshirish huquqiga egamiz.

 

6.6. Shuningdek, Biz sizning ma'lumotlarni transchegaraviy uzatishni amalga oshirish huquqiga ega ekanligimizga rozilik bildirasiz

 

6.7. Transchegaraviy ma'lumotlarni uzatish quyidagi maqsadlar uchun amalga oshiriladi: a) bizning huquqlarimizni himoya qilish b) ushbu Shartlar va Qidalar bilan berilgan huquqlarga rioya etilishini ta'minlash c) firibgarlikni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish d) biz va bizning kompaniyalar guruhimiz tomonidan taqdim etilgan barcha xizmatlardan foydalanish imkoniyatini berish.

 

7. Huquqlarni o'tkazish yoki boshqa shaxs foydasiga voz kechish

7.1. Siz ushbu Shartnomaga muvofiq ega bo'lishingiz mumkin bo'lgan har qanday huquqlarni Bizning yetarli asoslarsiz rad etilmaydigan oldindan yozma roziligimizsiz boshqa shaxslarga o'tkazishga yoki uning foydasiga voz kechishga haqli emassiz.

7.2. Biz Sizni xabardor qilmasdan yoki Sizning roziligingizni olmasdan ushbu Shartnomani va ushbu Shartnoma bo'yicha har qanday huquqni uchinchi tomonga o’tkazishimiz yoki uning foydasiga voz kechishimiz mumkin, ushbu Shartnoma doirasida Sizning huquqlaringizga salbiy ta'sir ko'rsatadigan hollar bundan mustasno (bu holda biz sizning roziligingizni talab qilamiz, u yetarli asoslarsiz rad etilmasligi kerak).

8. To'lov tartibi

8.1. Siz to'lov agenti sifatida bo’lgan ZoodPay-ga Siz ko’rsatgan to'lov manbasidan Avtomatik to'lovlar summasini To'lovlar jadvalingizda va/yoki Shartnomada ko'rsatilgan summalarni belgilangan sanalarda ayirish uchun vakolat berishga va topshirishga to'g'ridan-to'g'ri rozilik bildirasiz. Siz ZoodPay to'lov agentiga to'lov jadvalingiz va ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq, o'zgaruvchan to'lovlar summasini Ko'rsatilgan to'lov manbangizdan to’lash yoki manbaingizga qaytarish imkoniyatini berayotganingizni tan olasiz.

 

8.2. Siz avtorizatsiya Bizning tasdiqlash jarayonimizning hamda Sizning To'lovlar jadvali va Shartnomaga muvofiq ZoodPay foydasiga to'lovlarni amalga oshirish majburiyatini bajarish uchun mablag'ingiz borligini baholashimizning bir qismi ekanligiga rozilik bildirasiz. Siz ko'rsatgan To'lov manbasini oldindan avtorizatsiya qilish huquqini o’zimizda saqlab qolamiz. Bu har onlayn xarid qilishingizda Ko’rsatilgan to'lov manbaingiz bilan bog'liq hisobdagi mablag'larni muzlatilishini o'z ichiga olishi mumkin. Onlayn xarid qilish uchun:

a) oldindan avtorizatsiya summasi ushbu xarid uchun bizga tegishli bo'lgan birinchi to'lovingizdan oshmaydi; va

b) Biz bankingizga ushbu oldindan avtorizatsiya operatsiyasini bekor qilish uchun darhol ko'rsatma beramiz.

c) Oldindan avtorizatsiya jarayonida ZoodPay hech qanday pul olmaydi.

d) Biz bankingizga ushbu oldindan avtorizatsiya qilish operatsiyasi va ushbu operasiyani bekor qilish uchun zarur bo'lgan muddatni kafolatlay olmaymiz.

 

8.3. Bundan tashqari, ZoodPay bo’lib to’lash to'lovidan foydalanish uchun avtorizatsiya jarayonining bir qismi sifatida siz birinchi to'lovni amalga oshirishingiz shartligini tan olasiz. Agar Biz yoki To'lov tashkiloti biron-bir sababga ko'ra birinchi to'lovni to'rt kun ichida Siz ko'rsatgan to'lov manbasidan ololmasak, biz tomondan ZoodPay bo’lib to’lash to'lovidan foydalanish rad etiladi.

 

8.4. To'lov jadvalida ko'rsatilgan sanalarda Avtomatik to'lovlarni amalga oshirish uchun siz ko'rsatgan to'lov manbasida yetarlicha mablag' mavjudligini ta'minlash uchun Siz javobgarsiz. Siz ko'rsatgan to'lov manbai tomonidan nazarda tutilgan har qanday komissiya yoki yig’imlar uchun Siz javobgar bo’lasiz, bunday komissiyalar yoki yig’imlar bizning xatolarimiz yoki tizimning noto'g'ri ishlashi natijasida yuzaga keladigan hollar bundan mustasno. Agar Bizning xatolarimiz yoki Tizim xatosi tufayli biror bir yig’im yoki komissiya olinadigan bo'lsa, iltimos, Bizga yuqoridagini isbotlovchi tegishli yozuvlarning nusxasini taqdim eting va Biz Sizga tegishli yig’imlarni yoki komissiyalarni qaytarib beramiz.

 

8.5. Avtomatik to'lov amalga oshmasa (masalan, Siz ko'rsatgan To'lov manbai bo’lgan kredit yoki debyet kartaning amal qilish muddati tugagan bo'lsa), rejalashtirilgan to'lovni belgilangan muddatda amalga oshirmasangiz, biz Jarimani qo'llash huquqini o’zimizda saqlab qolamiz. Siz Bizga qarzdor bo'lgan har qanday pul majburiyatini quyidagi tarzda qondirish uchun ruxsat berasiz:

(i) To'lov jadvalida va/yoki Shartnomada ko'rsatilgan to'lov sanasida va to’lov sanasidan keyin Siz ko'rsatgan to'lov manbasidan mablag'larni yechib olish;

(ii) Siz taqdim etgan boshqa kartadan mablag'larni yechib olish;

(iii) Biz Sizga qarzdor bo'lishimiz mumkin bo'lgan har qanday summalar hisobiga joriy majburiyat summasini o'zaro hisoblash; yoki

(iv) Boshqa har qanday qonuniy vositalar.

 

8.6. Mijozning pul majburiyatlari tegishli summani ZoodPay bank hisobvarag'ida to'liq aks ettirish faktidan boshlab bajarilgan hisoblanadi.

 

8.7. Joriy majburiyatning qisman to'lovi majburiyatlarni bajarish deb hisoblanmaydi va ZoodPay Sizning To'lov manbangizda yetarli mablag' bo'lmasa, Jarima solishga haqli.

 

8.8. Ko'rsatilgan to'lov manbangizdan mablag'larni yechib olish milliy valyutada amalga oshiriladi. Agar mablag'lar faqat xorijiy valyutada mavjud bo'lsa, ZoodPay ZoodPay bank almashinuv kursiga muvofiq valyutani almashtiradi.

 

8.9. ZoodPay bank hisob raqamiga cheklovsiz Sotish narxi, moliyaviy xarajatlar, Jarima (agar mavjud bo'lsa) va zararni qoplash (agar mavjud bo'lsa) ni o'z ichiga olgan to'lov majburiyatlarini to'liq bajargan bo'lsangiz, sizning javobgarligingiz to'langan hisoblanadi.

 

8.10. Siz oylik to'lovni amalga oshirishda birinchi navbatda jarima (agar mavjud bo'lsa) to'langanligini tan olasiz va qabul qilasiz.

 

8.11. Ushbu Shartnomaning boshqa qoidalariga qaramasdan, siz bizga barcha to'lovlarniTo'lov jadvaliga muvofiq amalga oshirishingiz va/yoki barcha boshqa summalarni ushbu Shartnoma bo'yicha to'liq hajmda har qanday sabab bilan, shu jumladan, mavjud yoki kelajakdagi harakatlarimiz, harakatsizligimiz yoki majburiyatlarimizni bajarmasligimiz tufayli qayta hisoblash, ushlab qolish yoki kamaytirishlarsiz amalga oshirishingiz shart.

 

8.12. Joriy majburiyatni har qanday vaqtda, hech qanday komissiyasiz to'liq yoki qisman to'lash huquqiga egasiz.

 

8.13. Agar siz ZoodPay PAD dan foydalansangiz, Biz tegishli yetkazib berish kompaniyasidan Tovarni yetkazib berilgani haqida xabardor bo'lishimizni tasdiqlaysiz. Biz ushbu ma'lumotlarga tayanamiz va ushbu bilan Siz Tovarni sizga yetkazib berish kunidan boshlab 14 kun ichida Tovarni to'lash majburiyatini o'z zimmangizga olasiz.

 

8.14. Agar ushbu To'lov manbai har qanday uchinchi shaxsga tegishli bo'lgan kredit/debet karta bo'lsa, siz uni faqat kredit/debyet karta egasining ruxsati asosida ishlatishingizni tasdiqlaysiz va bizga egasining biz talab qilgan har qanday shakldagi roziligi bilan va har qanday vaqtda, Zoodpayni to'lov kunida yoki To'lov rejangizda ko'rsatilgan to'lov kunidan keyin kartadan pul yechib olishni amalga oshirish huquqini berasiz.

 

9. Jarima

9.1. Siz ushbu shartnomada nazarda tutilgan barcha shartlarni bajarishingiz shart; Siz to'lov kechikishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlardan xabardorsiz;

 

9.2. Agar To'lov jadvaliga va/yoki Shartnomaga muvofiq biron-bir summani to'lamasangiz, biz to’lanishi lozim bo'lgan, lekin olinmagan to'lov uchun jarimalar solish huquqini o’zimizda saqlab qolamiz. To'lov amalga oshirilishi kerak bo'lgan kundan bevosita keyingi kunga qadar jarima qo'llanilmaydi. Har qanday tushunmovchiliklarni oldini olish uchun Jarimani hisoblash faqat Bizning ixtiyorimiz bilan amalga oshiriladi va bizning majburiyatimiz emas, balki huquqimizdir.

 

9.3. Biz, o'z xohishimiz bilan, har qanday Jarimani qo’llashni oqilona kechiktirishimiz yoki to'liq yoki qisman bekor qilishimiz mumkin. ZoodPay xatosi tufayli Jarima yuzaga kelsa, iltimos, Bizga xabar bering va Biz bunday to'lovlarni rad etamiz yoki vaziyatga qarab ularni qaytarib beramiz.

 

9.4. ZoodPay mablag’larni qaytarib bergan taqdirda ham Sizga o'z majburiyatlaringizni bajarmagan taqdirda Jarima solishga vakolatli.

 

10. Javobgarlik

10.1. Siz Zoodpay oldida Shartnomada keltirilgan ma'lumotlarning aniqligi va to'liqligi, shuningdek ZoodPay xizmatini tanlashda siz ko'rsatgan ma'lumotlarning to'g'riligi va ZoodPay-ga Shartnomaga rozilik bildirishdan oldin, uning davomida va undan keyin taqdim etgan barcha ma'lumotlarning to'g'riligi uchun javobgarsiz.

10.2. ZoodPay, agar Siz to'lov majburiyatlari bajarilmasangiz, sizning limitingiz amal qilishini to'liq yoki qisman to'xtatib turish huquqini o'zida saqlab qoladi.

11. Mablag'larni qaytarish

11.1. Agar siz Mobil qurilmani va/yoki Tovarni Sotuvchiga qaytarishga qaror qilsangiz, bizning veb- sahifamizda joylashtirilgan Qaytarib berish siyosatiga muvofiq so'rovni taqdim etishingiz kerak. Qaytaring bizning Qaytarish siyosatimiz va Sotuvchining siyosatiga muvofiq amalga oshirilishini tan olasiz va rozilik bildirasiz.

12. Baholash va tekshiruvlar

12.1. Biz ZoodPay xizmatidan foydalanish bilan bog'liq har bir arizangizni baholash va aniqlash, qabul qilish yoki bekor qilish huquqini o’zimizda saqlab qolamiz.

12.2. Biz ZoodPay xizmatini hatto uni tasdiqlashdan keyin ham hech qanday tushuntirishsiz bekor qilish huquqini o’zimizda saqlab qolamiz. Bunday holda, siz ZoodPay xizmati bekor qilingan kundan boshlab 1 oy ichida qilgan har qanday to'lovingizni qaytaramiz.

 

12.3. Biz Sizning shaxsingizni, shu jumladan jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunga muvofiq talab qilinadigan bo'lsa, har qanday paytda, arizangizni qayta ishlashdan oldin va keyin tekshirish huquqini o’zimizda saqlab qolamiz.

 

12.4. ZoodPay Sotuvchisi tomonidan ZoodPay yoki buyurtma tufayli shaxsingizni tasdiqlash uchun talab qilingan har qanday ma'lumot yoki hujjatlarni taqdim etishga rozilik bildirasiz.

 

12.5. Siz Bizga to'g'ridan-to'g'ri yoki uchinchi shaxslar orqali, Sizning shaxsingizni tekshirish va ZoodPay xizmatlari orqali amalga oshirilgan barcha buyurtmalar bo'yicha To'lovlar jadvaliga va ShShartnomaga muvofiq to'lovlarni amalga oshirish qobiliyatingizni baholash uchun zarur deb topilgan har qanday so'rovlarni bajarishga ruxsat berasiz. Bu kredit hisobotini buyurtma qilish, boshqa tekshiruvlarni amalga oshirish va uchinchi shaxslarning ma'lumotlar bazalari bo'yicha taqdim etgan ma'lumotlarni tekshirishni o'z ichiga olishi mumkin.

 

12.6. ZoodPay xizmatidan foydalanish uchun arizangizni tasdiqlash va ushbu maqsadga erishish uchun zarur bo'lgan hajmda ZoodPay quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

a) har qanday ryeyestrdan yoki ma'lumotlar bazasidan Siz haqingizda ma'lumotni so'rash va tekshirish;

b) Sizga xizmat ko’rsatish uchun Sizning to'lov qobiliyatingizni tekshirish, arizangizni qayta ishlash, takliflarni taqdim etish, shuningdek, majburiyatlarni bajarmagan yoki bunday majburiyatlarni noto'g'ri bajargan holatlaringizda ZoodPay-ning o'z huquqlarini himoya qilish asosiy maqsadida, kredit tarixingizni bevosita marketing aniqlash uchun va boshqa qonuniy sabablarga ko'ra hamkor tashkilotlarning kredit ma'lumotlar bazasida cheksiz qidiruvlarni amalga oshirib Siz haqingizda ma'lumot izlash;

c) Siz Shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda biz sizning majburiyatlaringizni qoplashni istagan uchinchi shaxslarga siz haqingizda ma'lumot berishga haqlimiz. Biz ushbu moddada berilgan vakolatlarni biznes manfaatlarimizni himoya qilish uchun zarur bo'lgan darajada amalga oshiramiz;

d) har qanday ma'lumotni, shu jumladan Siz taqdim etgan yoki Siz bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy ma'lumotlarni istalgan vaqtda siz Xizmatdan foydalanish uchun bergan arizangizni qayta ishlash vaqtida shaxsiy ma’lumotlaringizni yig’adigan istalgan yuridik shaxsning har qanday ma'lumotlar bazasida, shuningdek, Siz Shartnoma bo'yicha zimmangizga olgan majburiyat (majburiyatlar) ning bajarilish holati, shu jumladan ularni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikni aks ettirish, shuningdek Zoodpayning o'z huquqlarini himoya qilish, to'lov qobiliyatingizni va kredit tarixingizni tekshirish uchun va ZoodPay-ning sanoat manfaatlarini himoya qilish uchun zarur doirada so’rash/tekshirish;

e) ZoodPay Siz yoki Siz tayinlagan qabul qiluvchi to’g’risida yig’adigan barcha ma'lumotlar, shu jumladan sizning shaxsingizni tekshirish bilan bog’liq ma’lumotlar ZoodPay Maxfiylik siyosatiga va O'zbekiston qonunchiligiga muvofiq to'planadi, ishlatiladi va saqlanadi.

 

12.7. Shartnomada ko'rsatilgan xizmatni taqdim etish uchun siz ZoodPay-ga (yoki ZoodPay nomidan xizmatni taqdim etuvchi har qanday uchinchi shaxsga) uchinchi shaxslarga Sizga tegishli har qanday ma'lumotni amaldagi har qanday qonun yoki normativ hujjatlar talab qiladigan hajmda oshkor qilishga ruxsat berasiz. Bundan tashqari, ZoodPay sizning ZoodPay xizmatingiz bo'yicha har qanday salbiy faoliyat (shu jumladan kechiktirilgan to'lovlar, o'tkazib yuborilgan to'lovlar, majburiyatlarni bajarmaslik yoki to'lovlarni qaytarish) to’g’risida kredit hisoboti organlarini xabardor qilish huquqini o'zida saqlab qolishini tan olasiz.

 

12.8. Uchinchi shaxslar tomonidan kredit majburiyatlar bajarilishi uchun ZoodPay Sizning majburiyatlaringizni to'liq yoki qisman o’z zimmasiga olish istagini og'zaki yoki yozma tarzda bildirgan uchinchi shaxslarga Siz haqingizda, shu jumladan davom etayotgan kechikish haqida ma'lumotlarni taqdim etishi mumkin. Tomonlar ZoodPay ushbu Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishini har qanday uchinchi tomondan qabul qilish huquqiga ega deb hisoblaydilar.

 

12.9. ZoodPay har qanday ma'lumotni auditorlarga, konsultantlarga va maslahatchilarga, ushbu shaxslar ma’lumotni maxfiyligini ta’minlashlari sharti bilan kerakli hujjatlar bilan birgalikda taqdim etishi mumkin.

 

12.10. Xizmat sifatini nazorat qilish va o'z huquqlarini himoya qilish maqsadida ZoodPay Siz bilan har bir telefon aloqasini monitoring qilish va yozib olish huquqiga ega. Tomonlar bunday ruxsat vaqt bilan cheklanmaganligi va ZoodPay Shartnoma muddati tugagandan keyin ham bunday faoliyatni istalgan vaqtda amalga oshirishi mumkinligiga rozilik bildiradi.

 

12.11. ZoodPay Sizga yangiliklar va tadbirlar haqida ma'lumot berish uchun Siz ko'rsatgan raqam/elektron pochta manzili orqali istalgan vaqtda reklama/marketing xabarlarini yuborish huquqiga ega.

 

12.12. Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda uzatilishi kerak bo'lgan har qanday ma'lumot, boshqalar bilan bir qatorda, quyidagilarni o'z ichiga oladi: Sizning identifikatsiyalash ma'lumotlaringiz, joriy majburiyat miqdori, uning maqsadi, hisoblangan foizlar, kredit/moliyaviy majburiyatlar bo'yicha amalga oshirilgan to'lovlarning haqiqiyligi va o'z vaqtida bajarilishi, qarzdorlik qoldig’i va nizo yuz berganda - sud jarayoni va majburiy ijro natijalari.

 

12.13. Kredit reytingini hisoblash va qarzni undirish maqsadlar i uchun uchinchi shaxslarga uzatiladigan ma’lumotlar, boshqalar bilan bir qatorda, quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni o'z ichiga oladi: Mijozning familiyasi, ismi, otasining ismi; shaxsiy raqam va/yoki uning elektron ID-sining noyob xususiyatlari; yuridik va/yoki haqiqiy manzili; telefon/mobil telefon raqami; elektron pochta manzili; kredit tarixi (ham salbiy va ijobiy, shu jumladan, oldingi va joriy majburiyatlar va to'lovlar haqida axborot va bunday majburiyatlarni qoplash tafsilotlari), to'lov qobiliyati maqomi (kredit qobiliyatingizning reyting bahosi (kredit reyting ballari), uning mezonlari va/yoki usullari) va individual yig’ma ball; Sizning mulkingiz va/yoki egaligingizda bo’lgan ko'char va ko'chmas mol- mulk, uning xususiyatlari va boshqa aktivlar; ma'lumotlar ustida ish beruvchingiz to’g’risida ma’lumotlar; yollash shartlari to’g’risida ma’lumotlar (ish joyi, ish haqi, ish jadvali va h. k.); elektron kanallar va/yoki Internetda taqdim etilgan har qanday axborot (shu jumladan, boshqalar bilan bir qatorla, ro'yxatdan o’tish uchun, masalan, cookies fayllari va h. k.); Sizning faoliyatingiz va yuqorida aytib o'tilgan kanallarda Sizga aloqador bo’lgan shaxslar (shu jumladan, cheklamagan holda, ushbu kanallarga kirish tarixi, faollik va bitimlar tarixi); oila a'zolaringiz, qarindoshlaringiz va manzilingizda birgalikda istiqomat qilayotgan shaxslar haqida ma'lumot; jismoniy, fiziologik, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy xususiyatlarni, yoki yuqoridagi kichik bandlarda qayd etilgan yoki ko’rib chiqilgan bitimlarni hisobga olgan holda Sizni aniqlash va/yoki Sizni boshqa mijozlar bilan bir guruhga kiritishni tavsiflash imkonini beradigan har qanday boshqa ma'lumotlar;

 

12.14. Siz o'zingiz haqingizda elektron kanallardagi ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga, jumladan, sizning faoliyatingizni yozib olishimiz (ya'ni, elektron kanaldan foydalanish vaqtida manzilingizni identifikatsiyalash, qidiruv maydonida ko'rsatilgan ma'lumotlarni tavsiflash va tahlil qilish, mahsulotni tanlash chastotasini qayd etish va/yoki har qanday statistika ma'lumotlarini yozib olish va ularni tahlil qilish) va/yoki siz ko'rsatgan boshqa ma'lumotlardan foydalanishimiz mumkinligiga rozilik bildirasiz.

 

12.15. Siz ZoodPay xizmatidan foydalanish davrida va Shartnomaning amal qilish muddati davomida (ma'lumotlarni qayta ishlash kredit reytingi ballari va individual yig’ma ballni hisoblash uchun ham amalga oshiriladi) shaxsiy ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga quyidagi maqsadlar uchun topshirishi mumkinligiga rozilik bildirasiz:

a) ZoodPay xizmatini taqdim etish uchun kiritilgan yangi arizani ko'rib chiqish;

b) ZoodPay-ning qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

c) ZoodPay-ning qonun bilan belgilangan majburiyatlarini bajarish;

 

12.16. Agar qonun bilan ma'lumotni qayta ishlash uchun Mijozning roziligi talab qilinadigan bo'lsa, ushbu shartlar va Shartnomaga rozi bo'lsangiz, har qanday elektron va/yoki elektron bo'lmagan ariza rozilik hisoblanadi;

 

12.17. Sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni qayta ishlash Biz tomonimizdan quyidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkinligiga rozilik bildirasiz:

a) xizmatni to'liq va lozim darajada taqdim etish uchun; Siz haqingizda ma’lumotlarni, shu jumladan kredit tarixini tahlilini, statistika byurosi ma'lumotlari va h.k. tahlil qilganda xizmatni yaxshilash;

b) auditorlik kompaniyalari, tartibga solish organlari, nazoratchilar va boshqa nazorat organlari uchun axborotning mavjudligini ta'minlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan hollarda;

c) turli ma'ruzalar, tadqiqotlar va/yoki prezentatsiyalarni tayyorlash va namoyish etish;

d) xavfsizlikni ta'minlash, shuningdek firibgarlik, pul yuvish va boshqa jinoyatlarni aniqlash va/yoki oldini olish;

e) marketing maqsadlari uchun, bu turli xil mahsulotlar/xizmatlarnidavriy ravishda taklif qilishimizni bildiradi;

f) tashqi kollektor kompaniyalari oldida muddati o'tgan qarzlarni undirish maqsadida;

g) yangi qarz egasi uchun

 

13. Bizning intellektual mulkimiz

13.1. Bizning veb-saytimiz va veb-saytimizdagi barcha kontentlar ZoodPayning mutlaq mulki hisoblanadi. Bizning veb-saytimizdagi ma'lumotlar faqat axborot maqsadiga mo’ljallangan va oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirilishi mumkin.

13.2. Bizning veb-saytimizni taqdim etadigan har qanday URL-manzillarni, yoki bizning veb- saytimizda yoki bizning bosma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan har qanday kontentimiz, logotiplar, grafiklar, piktogrammalar yoki boshqa kontentdan bizning oldindan yozma roziligimizsiz nusxa ko'chirmasligingiz, taqlid qilmasligingiz, o'zgartirmasligingiz, turini yaratmasligingiz, to'ldirmasligingiz yoki ishlatmasligingiz kerak.

 

14. Shartnomaga o'zgartirish kiritish

14.1. ZoodPay, yangi foydalanish shartlarini kiritish uchun ilova va Internetdagi hisobni yangilash orqali istalgan vaqtda Sizni ogohlantirmasdan yoki qo'shimcha roziligingizni olmasdan Shartnomaga o’zgartirishlar kiritishi mumkin.

14.2. Siz muayyan to'lov bilan bog'liq har qanday o'zgarishlar haqida oldindan xabardor qilinasiz.

14.3. Siz bunday o'zgarishlardan o'z vaqtida xabardor bo’lish uchun Internetda joylashtirilgan ma'lumotlarni muntazam ravishda ko'rib chiqish uchun javobgarsiz. O'zgarishlar e’lon qilinganidan so'ng ZoodPay Xizmatidan foydalanishni davom ettirishingiz o'zgartirilgan shartlar va qoidalarga roziligingizni bildiradi.

14.4. Siz o'zgarishlar haqida ma'lumot olgandan so'ng 10 kun ichida o'z zimmasiga olgan majburiyatlarni to'liq bajarish orqali Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni amalga oshirishingiz mumkin va agar Siz Shartnomani bekor qilish huquqidan foydalanishdan voz kechsangiz, Biz taklif qilayotgan o'zgarishlarni qabul qilgan deb hisoblanasiz va Shartnoma belgilangan muddatdan boshlab o'zgartirilgan hisoblanadi.

15. Amal qilish muddati va bekor qilish

15.1 Ushbu Shartnoma muddatsiz tuzilgan. U Siz yoki Biz tomonidan bekor qilinmaguncha amal qiladi va istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.

15.2 Biz hisobingizni to'xtatib yoki yopib qo'yishimiz yoki Sizning hisobingizni ishlatishga bo’lgan huquqingizni boshqa tarzda bekor qilishimiz mumkin. Biz buni har qanday vaqtda va har qanday sababga ko'ra qilishimiz mumkin.

15.3 Siz veb-sahifamizda ko'rsatilgan raqam orqali Biz bilan bog'lanib istalgan vaqtda hisobingizni yopishingiz mumkin.

16. Tomonlar o'rtasidagi aloqa

16.1. Har qanday bildirishnoma sizga quyidagicha yuborilishi mumkin:

a) Siz ko'rsatgan yuridik va/yoki haqiqiy manzilga;

b) Siz ko'rsatgan elektron pochta manziliga;

c) mobil telefoningizga.

16.2. Siz ko'rsatgan hisobda yoki Shartnomada keltirilgan har qanday ma'lumotda, shu jumladan bog’lanish ma'lumotlarida biror bir o’zgarish o’rin olgan taqdirda, Bizni darhol xabardor qilishingiz va yangi ma'lumot berishingiz kerak, aks holda ushbu Shartnomada ko'rsatilgan eski bog’lanish ma'lumotlariga yuborilgan ma'lumotlar qabul qilingan deb hisoblanadi.

16.3. Siz taqdim etgan bog’lanish ma'lumotlariga muvofiq yuborilgan xabarnomani boshqa shaxs olishi bilan bog'liq oqibatlar uchun Biz javobgar emasmiz.

17. Samsung Knox Guard Ilovasi

17.1. Mobil qurilmani xarid qilish va ushbu shartlar va qoidalar bo'yicha "qabul qilish" tugmasini bosish orqali siz Knox Guard ilovasini Siz tomoningizdan to'lov majburiyatlarini bajarilishini ta’minlash uchun faollashtirishga bizga shartsiz va qaytarilmas rozilik berasiz.

17.2. Samsung mobil qurilmasini sotib olish jarayonini davom ettirish orqali, Biz Samsung Guard yechimini faollashtiramiz va ZoodPay Samsung Guard yechimini faollashtirish va Siz har qanday majburiyatlarni buzgan taqdiringizda istalgan vaqtda quyidagi amallarni bajarish huquqiga ega bo'ladi:

17.2.1. Samsung mobil qurilmasining butun ekraniga to'lov sanasi va bo’lib to’lash to'lovi bilan bog'liq har qanday kechikishlar haqida SMS-xabarlar va davriy xabarnomalarni yuborish.

17.2.2. Samsung mobil qurilmasini blokirovka qilish, bu esa hech qanday cheklovlarsiz, asosiy ekranga kirishni qulflash yoki cheklash, zavodda o'rnatilgan sozlamalarni tiklashni va ikkilamchi qayta proshivkani cheklash, USB/Bluetooth/modem/NFC rejimidan foydalanishni cheklash, chiqish qo'ng'iroqlarini cheklash, Bizning qo'ng'iroqlarni qayta ishlash markazimiz va "Favqulodda qo'ng'iroq"lardan tashqari.

17.3. Sotish narxi boshqa har qanday to'lovlar (agar mavjud bo'lsa) bilan to'langandan so’ng Samsung Guard ilovasi qurilmadan olib tashlanishi kerak va boshqa hech qanday choralar ko'rilmaydi.

 

17.4. Agar to'lovlar tegishli tarzda amalga oshirilsa va Samsung Guard ilovasi yoqilgan bo'lsa, Samsung mobil qurilmasidan istalgan hajmda foydalanish huquqiga egasiz.

 

17.5. Siz Bizning oldimizdagi to'lov majburiyatlaringizni bajarmaguningizcha, boshqa harakatlar bilan bir qatorda, jumladan, quyidagilardan hyech birini amalga oshira olmasligingiz to’g’risida xabardor bo’lishingiz kerak:

a) Qurilmani sotish, chunki egalik huquqi faqat to'lov majburiyatlarini bajarganingizdan keyin sizga o'tadi;

b) Uchinchi shaxsga berish;

c) Qismlarga ajratib sotish;

d) Qasddan zarar yetkazish.

17.6. Yuqorida aytib o'tilgan holatlardan biri yuzaga kelgan taqdirda, Siz Bizga bu holat haqida xabar berishingiz va darhol bizning talabimizga binoan Bizga Sotish narxining to'liq summasini to'lashingiz kerak. Telefon o'g'irlangan yoki shikastlangan taqdirda Siz har qanday so’ndirilmagan to'lov va yig’imlarni to'liq to'lashingiz talab qilinadi. Bundan tashqari, Sizning Bizga nisbatan barcha bajarilmagan majburiyatlaringiz haqida har qanday uchinchi tomonga ma'lumot berish huquqini o’zimizda saqlab qolamiz.

 

17.7. Samsung mobil qurilmasini sotib olish jarayonini amalga oshirib, ushbu shartlar va shartlarni qabul qilib, Samsung mobil qurilmangizdagi Samsung Guard ilovasini ishga tushirish majburiy ekanligini va buyurtmani qabul qilish to'g'risidagi qaror ushbu shartlar asosida qabul qilinishini tan olasiz, shuning uchun siz Samsung mobil qurilmangizdagi mobil uyali ma'lumotlarni yoqish yoki Samsung Guard ilovasini faollashtirish uchun WI-Fi tarmog'iga kirishga ruxsat berish.

17.8 Samsung mobil qurilmasini sotib olish jarayonini amalga oshirish orqali, Siz mobil qurilmani 30 (o'ttiz) kundan ortiq vaqt mobaynida o'chirilgan holda yoki Internet mavjud bo’lmagan hududda qoldirmaslik majburiyatini o’z zimmangizga olasiz va faollashtirish

sotib olish sanasidan boshlab 10 kun ichida amalga oshirilishi kerak. Ushbu band buzilgan taqdirda Siz mobil qurilma bloklanishini tan olasiz.

 

17.9. Agar Siz ushbu Shartnomani qabul qilsangiz va Samsung mobil qurilmasini sotib olishni davom ettirsangiz, ushbu Shartnomada ko'rsatilgan shartlarga so'zsiz va qaytarilmas rozilik bildirasiz.

Yuklatilgan summalardan biron biri to’lanmagan taqdirda ZoodPay Samsung mobil qurilmasini o’zida saqlab qoladi va qayta to'lovni amalga oshirishga har qanday doimiy qobiliyatsizlik ZoodPay-ni sudga Sizga qarshi da'vo bilan, xususan, Samsung mobil qurilmasining qayta egalik qilishingiz, bojlar va boshqa to'lovlarni to'liq qayta to'lashingiz zarurati yuzasidan murojaat qilishga majbur qilishi mumkin.

bottom of page